Soliq tizimi amaldori $1000 pora bilan ushlandi (video)
3-sahifa
−
22 iyul 5815 1 daqiqa
Navoiy viloyatida tadbirkorning soliq qarzdorligi va moliyaviy jarimasini “hal qilib berish” evaziga pora olayotgan soliq inspektori qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, Konimex tumani Soliq inspeksiyasining kameral soliq tekshiruvlari shu’basida Davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlovchi shaxs tadbirkorlardan birining soliq qarzdorligining bir qismini kamaytirish hamda moliyaviy jarima qo‘llamaslik evaziga 1000 AQSH dollari talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida mansabdor shaxs kelishilgan pul mablag‘larini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida xizmat mavqeidan foydalanib pora olishda gumon qilinayotgan tuman IIB tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Live
Barchasi