Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2021
7852O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.
Kiritilgan ko‘shimchalarga ko‘ra, ayrim hududlarda soliq solishning alohida tartibini nazarda tutuvchi soliq rejimi kiritildi.
Alohida hududlar quyidagilardan iborat:
• Farg‘ona viloyatining So‘x tumani;
• Rishton tumanining Cho‘ng‘ara mahallasi;
• Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa – 2 ko‘chasi.
Ayrim hududlarda soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
• foyda va daromad solig‘i bo‘yicha – 1 foiz;
• tadbirkorlar uchun har chorakda 25 ming so‘m;
ijtimoiy soliq bo‘yicha:
• yuridik shaxslar uchun – 1 foiz;
• yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – yiliga BHMning kamida 1 baravari;
• aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha – 1 foiz (2021 yil 1 yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi).
Davlat organlari soliq solish ob’ektlariga oid ma’lumotlarni soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LiveBarchasi