Soliq qo‘mitasi va Kusherboyev o‘rtasidagi sud ishi to‘xtatildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Davlat soliq qo‘mitasi va Rasul Kusherboyev o‘rtasidagi sud ishi to‘xtatildi. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Davlat soliq qo‘mitasi birlashgan kasaba uyushmasi vakillari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev uchrashgan. 

Muzokaralar davomida yuzaga kelgan vaziyat muhokama qilingan. 

“Har ikki tomonning ham maqsadi va maslagi birligi, ya’ni mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz turmush farovonligi yo‘lida xizmat qilish ekanligi ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, masalani sudgacha olib bormasdan, to‘xtatishga qaror qilingan.

Avvalroq, Davlat soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Xidraliyevich Kusherboyev ustidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgani haqida xabar bergan edik. DSQ yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 4,6 mlrd so‘m tovon puli talab qilmoqda.

Kusherboyev QALAMPIR.UZ'ning so‘roviga ko‘ra, o‘ziga qarshi ochilgan da’voga munosabat bildirib, avvalo, 4,6 mlrd so‘mlik zarar qayerdan olinganini isbotlash kerakligini, u tadbirkorlar manfaatini himoya qilib, o‘z fikrini bildirganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil oktyabr oyi o‘rtalarida ijtimoiy tarmoqlarda DSQ raisi Sherzod Qudbiyev tadbirkorga ortiqcha to‘langan QQS summasi o‘z vaqtida qaytarilmagani, uning hisob raqamini yopib qo‘yilganidan g‘azablanib, xodimni haqorat qilgani yozilgan audio tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Qo‘mita raisi audioyozuvdagi gaplar unga tegishli ekanini tan olgan, ammo bu bo‘yicha biror chora ko‘rilgani haqida xabar berilmagan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing