Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarga ogohlantirish bilan chiqdi

3-sahifa

image

So‘nggi kunlarda Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi nomidan tadbirkorlarga soxta elektron xatlar yuborilayotgani aniqlanmoqda. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ogohlantirish bilan chiqdi.

Bildirilishicha, ushbu xabarlar rasmiy emas va ular firibgarlik maqsadida tarqatilmoqda. Mazkur elektron xatlar soliq tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan. Ular tarkibidagi havolalar orqali qurilmaga zararli dasturlar yuklanishi, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlar qo‘lga kiritilishi mumkin. Soliq organlarining barcha rasmiy xabarlari faqat soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.

Agar shubhali xabar yuborilgan bo‘lsa:

  • havolalarni bosmaslik;
  • ilova qilingan fayllarni ochmaslik;
  • ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshirish zarur.

“Hushyor bo‘ling, firibgarlar tuzog‘iga tushmang va shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligini ta’minlang”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida APK fayllar tarqatib, odamlarning 2 mlrd pulini o‘margan shaxs ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq ogohlantirish soxta xat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing