Solar Orbiter ilk bor Venera sayyorasi yonidan uchib o‘tdi

Texnologiya

image

Solar Orbiter kosmik kemasi ilk bor Venera sayyorasi yonidan uchib o‘tdi. 27 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:39 da u sayyoraga 7 ming 500 kilometr masofada yaqinlashgan. Bu haqda "Space.com"ga asoslanib xabar berilgan. 

Solar Orbiter NASA va Yevropa kosmik agentligi hamkorligida ishlab chiqarilgan. U Quyoshni o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Yulduzga yaqinlashish uchun u bir nechta manevrlarni bajarishi kerak va Veneraga "tashrif" bulardan biridir. 

Yevropa kosmik agentligi vakillari ta’kidlashicha, yo‘lda ushbu apparat sayyora haqidagi ilmiy ma’lumotlarni to‘playdi. Apparatning issiqlik pardasi bilan jihozlangan teleskoplari faqat Quyoshga qaratilgan.

Ammo, Solar Orbiter'ning boshqa vositalari ma’lumot to‘plashi mumkin. Olimlar magnitometr, radio va plazma to‘lqinlari uchun moslama va energiya zarralari detektori ko‘rsatkichlarini qayd etishdi. Ushbu ma’lumot Veneraning Quyosh shamoli bilan o‘zaro ta’sirini ko‘rsatadi. U Yerdan farqli o‘laroq, magnit maydonidan mahrum bo‘lgani uchun, quyosh zarralari oqimlari sayyoramizga bevosita ta’sir qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Venera

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing