Rossiya Venera sayyorasini o‘rganadi
Texnologiya
−
04 mart 2021 8393 1 daqiqa
Rossiyada Venera sayyorasi sirtini o‘rganish uchun mahalliy "Venera-D" kosmik kemasini loyihalash bo‘yicha ishlar boshlandi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti sayyoralar atmosferasini spektroskopiya qilish laboratoriyasi rahbari Lyudmila Zasovaga asoslanib xabar berilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap kelajakdagi loyiha haqida ketmoqda. Kosmik kemani uchirish 2029 yilga mo‘ljallangan.
Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar institutining ilmiy direktori Lev Zeleniy ham ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.
Ma’lumot o‘rnida, "Venera-D" avtomatik sayyoralararo stansiyasi orbital va qo‘nish vositalaridan iborat.
Live
Barchasi