Soxta diplom sabab ikki deputat ishdan ketdi
Olam
−
06 iyul 2023 14364 1 daqiqa
Bugun, 6 iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi parlamenti – Jo‘qorg‘u Keneshning ikki deputati – Farhod Ismoilov va Farhodbek Alimjonov o‘z mandatidan ozod etildi. Bunga ularning oliy ma’lumotga egaligi to‘g‘risidagi diplomlari haqiqiy bo‘lmagani sabab bo‘ldi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Qirg‘iziston Ta’lim va fan vazirligi komissiyasi vakillarining ta’kidlashicha, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidan olingan ma’lumotlarni tekshirish davomida Fahodbek Alimjonovga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘pol ravishda buzgan holda berilgani aniqlangan. Chunki u 2012 va 2015 yillarda imtihonlarni qayta topshira olmagan. Alimjonov bu paytda mamlakatdan tashqarida bo‘lgan.

Ta’lim vazirligi imtihonlar natijalarini bekor qilishni, Farhodbek Alimjonovning O‘sh davlat universiteti diplomini, shuningdek, Qirg‘iziston Prezidenti huzuridagi Boshqaruv akademiyasida olgan magistrlik darajasini olib qo‘yishni taklif qilgan.
Farhod Ismoilov esa o‘zi ko‘rsatgan yillarda Qirg‘iziston milliy universiteti talabalari ro‘yxatida bo‘lmagan. Uning buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha diplomi, keyinchalik huquqshunoslik magistri darajasi ham haqiqiy emas deb topilgan.
Ma’lumot uchun, Farhat Ismoilov Jogorku Keneshdagi “Ata Jurt Qirg‘iziston” fraksiyasi, Farxodbek Alimjonov esa“Alyans” fraksiyasi a’zosi bo‘lgan.
Live
Barchasi