“Sog‘lomman”. Ramzan Qodirov ko‘rinish berdi (video)

Olam

image
Bodrumda dam olayotgan Ramzan Qodirovning ahvoli og‘irlashdi – OAV north_east

Bodrumda dam olayotgan Ramzan Qodirovning ahvoli og‘irlashdi – OAV

Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov hukumat yig‘ilishida qatnashib, o‘zining “sog‘lom” ekanini ma’lum qildi. U o‘zining Telegram-kanalida uchrashuv aks etgan videoyozuvni joylashtirdi.

“Dushmanlarimiz bilishlari uchun yana takrorlayman: men sog‘lomman. Menimcha, har kuni yig‘ilish o‘tkazishga hojat yo‘q, chunki ish barcha sohalarda yo‘lga qo‘yilgan va muvaffaqiyatli ketmoqda”, dedi Qodirov.

Uchrashuv chog‘ida Checheniston rahbari ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi “tuhmat va dezinformatsiya”ni bostirish bo‘yicha “ishni faollashtirish” bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputati Adam Delimxanov uni bunday ishlar Rossiyaning boshqa hududlarida ham olib borilayotganiga ishontirdi.

Qayd etish joiz, bu Qodirov Turkiyaning Bodrum shahridagi besh yulduzli mehmonxonada dam olayotganda dengizga cho‘kib ketgani xabar qilinganidan keyingi ikkinchi marta ko‘rinish berishi. Bodrumdagi hodisa sabablari aniqlanmagan va Checheniston rasmiylari hech qanday rasmiy izoh bermagan.

Turkiyadagi taxmin qilingan voqeadan so‘ng birinchi ommaviy videoda ham Qodirov o‘zining sog‘lig‘i yaxshi ekanini ko‘rsatgan – u velosipedda pedal aylantirib, “tanaffusdan keyin mashg‘ulotlarga qaytayotganini” aytgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa e’tiborni Checheniston rahbari juda ozganiga qaratmoqda. 

Oxirgi bir necha yil ichida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Qodirovning og‘ir xastaligi haqidagi mish-mishlar tinimsiz tarqaldi. 2024 yil aprelida “Novaya gazeta Yevropa” manbalarga tayanib, 2019 yilda Checheniston rahbariga oshqozonosti bezi nekrozi tashxisi qo‘yilgani haqida yozgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing