Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Sog‘liqni saqlash vaziri Amirullo Inoyatovga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 12 sentyabr kuni Farrux Rahimovich Sharipov, Farxodjon Muhammadjonovich Toshpulatov va Olim Murodullayevich Omonovlar ushbu lavozimga tayinlangan.

Farrux Rahimovich Sharipov 1969 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1-son Samarqand klinik shifoxonasi shifokor-xirurgi vazifasidan boshlagan. 

Keyinchalik 1-son Samarqand klinik shifoxonasi ambulator-xirurgiya markazi boshlig‘i, Toshkent viloyati 1-son klinik shifoxonasi Bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Sirdaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, SSV Moddiy-texnik bazani rivojlantirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i, Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Shuningdek, Sharipov Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktori vazifasida ham faoliyat yuritgan.

Olim Murodullayevich Omonov esa bunga qadar “Chorvoq” turistik rekreatsion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi direktori, Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatida mas’ul va “Uztelecom” AJda kuzatuv kengashi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.

Farxodjon Muhammadjonovich Toshpo‘latov 1983 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi ixtisoslashtirilgan Oliy biznes maktabini tamomlagan. U tayinlovga qadar "O‘zagrosug‘urta" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov o'rinbosar ssv Amirullo Inoyatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made