Alisher Shodmonovga yana uchta o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bugun, 3 iyuldagi tegishli qaroriga asosan Sog‘liqni saqlash vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.

Qarorga asosan Ulug‘bek Yusupxonovich Sabirov Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ulug‘bek Sabirov 1974 yilda tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ning davolash ishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, tibbiyot fanlari doktori.

Tayinlovga qadar Dermatologiya va venerologiya ilmiy tekshirish institutida turli lavozimlarda ishlagan. 2013 yildan ayni paytga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.

Shuningdek, Shohruh Shaturg‘unovich Shorahmedov ham Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu vaqtgacha ushbu lavozimda faoliyat ko‘rsatib kelgan Baxodir Nizomov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi.

Shohruh Shorahmedov 1977 yilda  tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999 yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisodchi, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Prezident qarori bilan Abdulla Abdisalamovich Azizov Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Abdulla Azizov 1981 yilda tug‘ilgan. 2003 yilda Yaponiyaning Nagoya universitetini, 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini moliya va xalqaro biznes yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan.

Shuningdek, Daniyaning Orxus universiteti magistraturasini, Orxus texnika kollejini IT-dasturchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, ushbu yo‘nalishda mehnat faoliyatini boshlagan. 

Tayinlovga qadar 2006 – 2019 yillarda Daniyada qator nufuzli kompaniyalarda mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2019 yil sentyabr oyidan ayni paytga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.

Avvalroq, Elmira Bositxonova SSVga qaytgani va vazir o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov SSV

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing