Sodiqjon Turdiyev vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik. Mazkur farmonga binoan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi

Joriy yilning 17 yanvar kuni “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi etib tayinlangan Sodiqjon Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Sodiqjon Turdiyev yangi lavozimda keksalarni ijtimoiy rag‘batlantirish, yoshlarda vatanparvarlikni mustahkamlash masalalari bilan shug‘ullanadi. U bir vaqtning o‘zida “Nuroniy” jamg‘armasiga raislikni ham bajaradi.

U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Senati a’zoligiga tayinlangan edi. 

Ma’lumot uchun, Sodiqjon Turdiyev 2010—2013 yillarda Xalq deputatlari Asaka tuman kengashi deputati bo‘lgan. 2012 yilga qadar “Asaka jilosi” fermer xo‘jaligiga rahbarlik qilgan. 2012 yil noyabrida O‘zbekiston Fermerlar kengashi raisligiga saylangan. U 2013 yil dekabrida O‘zLiDeP yetakchiligiga saylangan, 2015 yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari bo‘lgan. 2018 yilning avgustida esa partiya liderligini tark etib, Andijon viloyatining Jalaquduq tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbariyati quyidagi tarkibda shakllantirildi:

  • Vazir – Rahmat Mamatov;
  • Vazirning birinchi o‘rinbosari – Elmira Bositxonova;
  • Vazir o‘rinbosari – Botir Parpiyev;
  • Vazir o‘rinbosari – Sodiqjon Turdiyev;
  • Vazir o‘rinbosari – Aziz Ikromov.

Maqola muallifi

Teglar

Sodiqjon Turdiev

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing