“Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘zgardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashi qaroriga ko‘ra, shu paytga qadar jamg‘armaning respublika boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Jalilov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etildi.

5.JPG

Uning o‘rniga O‘zbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi etib saylandi.

Yig‘ilishda “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashi a’zolari, respublika boshqaruvi xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

9.JPG

Sodiqjon Turdiyev 2012 yilda Fermerlar kengashi raisi, 2013 yilda O‘zLiDeP yetakchiligiga saylangan. 2018 yil avgustida esa partiya raisligidan ketib, Andijonning Jalaquduq tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nuroniy jamg'armasi Sodiqjon Turdiev

Baholaganlar

194

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing