Sochini kuchli yomg‘irdan keyin suv bosdi (foto+video)

Olam

image

Rossiyaning Sochi shahrida kecha, 4 iyul kuni boshlangan kuchli yomg‘ir sabab toshqinlar yuz berdi. Herota va Matsesta daryolarida suv favqulodda darajada ko‘tarildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Mahalliy hokimiyat daryolar qirg‘og‘idan toshgudek bo‘lsa, Adlerov va Xostin tumanlari aholisini evakuatsiya qilishni rejalashtirgan. Shahar aholisi xavf sirenalari tinmayotganini aytmoqda.

Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Sochi sohiliga oylik yog‘in tushgan. Butun shahar bo‘ylab jala, momoqaldiroq, kuchli shamol kuzatilgan. Xostin tumanidagi “Alean Sputnik” va Kudepstadagi “Burgas” mehmonxonalarini suv bosgan.

“Daryoning Xosta tumanidagi “Alean Sputnik” mehmonxonasi o‘tuvchi qismida to‘siq paydo bo‘lib, hududni suv bosishiga sabab bo‘ldi. Hozir bu yerda tozalash ishlari yakunlandi va suv oqmoqda... Kudepstadagi “Burgas” kurorti hududida ham toshqin kuzatilmoqda. Endi suv darajasi pasaymoqda”, deyiladi shahar ma’muriyati xabarida.

Sochining plyajlarida “Bo‘ron vaqti suzish taqiqlanadi” yozuvli lavhalar o‘rnatildi, suv tomonga o‘tish to‘sib qo‘yilgan. Dengizda kuchli bo‘ron davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sochi toshqin

Baholaganlar

96

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing