Sobolenko  ketma-ket ikkinchi bor yilning eng yaxshi tennischisi deb topildi

Sport

image

Belaruslik tennischi, to‘rtta “Katta dubulg‘a” sovrindori va hozirgi dunyo reytingi 1-raqamli tennischisi Arina Sobolenko  ketma-ket ikkinchi bor WTA tomonidan “Yilning eng yaxshi tennischisi” deb topildi.

Sobolenko ushbu nufuzli mukofot uchun polshalik Iga Shvyontek, amerikaliklar Amanda Anisimova, Koko Gauff va Medison Kiz hamda qozog‘istonlik Yelena Ribakina bilan raqobatlashdi.

Belaruslik tennischi Sobolenko butun yil davomida WTA reytingining eng yuqori pog‘onasida qolib, to‘rtta chempionlikni qo‘lga kiritdi. U AQSH ochiq chempionatida g‘alaba qozonib, bu bilan to‘rtinchi “Katta dubulg‘a” chempionligini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, Sobolenko Mayami ochiq chempionati, Madrid ochiq chempionati va Brisbane International musobaqalarida ham g‘olib chiqdi.

Avstraliya ochiq chempionati va Fransiya ochiq chempionatida u finalga chiqdi, ammo mos ravishda Medison Kiz va Koko Gauffga yutqazgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tennis WTA Arina Sobolenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing