Sobiq vazir Nurafshonga hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
15 yanvar 2021
9518Bugun, 15 yanvar kuni Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdan tashqari 24-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan.
Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimi Rustam Xolmatov nutq so‘zladi va Nurafshon shahri hokimi lavozimiga Saliyev Muzaffar Xoldorboyevich nomzodini tavsiya etdi.
Sessiya kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan muhokamalardan so‘ng, Muzaffar Xoldorboyevich Saliyev Nurafshon shahri hokimi etib tayinlandi. U bu lavozimda Qahramon Hakimovning o‘rnini egalladi.
Ma’lumot uchun, Muzaffar Saliyev shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi. Uning o‘rniga Sherzod Hidoyatov vazir lavozimiga tayinlandi.
LiveBarchasi