Nurafshon hokimi ishdan olindi
Jamiyat
−
14 yanvar 2021 11460 1 daqiqa
Nurafshon shahar hokimi Qahramon Hakimov o‘z lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Toshkent viloyati hokimligidagi manba xabar berdi.
Qahramon Hakimov 2019 yil avgust oyida Nurafshon hokimi etib tayinlangan edi.
Qahramon Hakimov 1971 yil 15 iyunda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1995 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan.
Ish faoliyatini Izboskan tumani IIBda boshlagan. Faoliyati davomida sanoat va qurilish sohasida bir qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2018 yilda "Toshuyjoy LITI" aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimiga tayinlangan. Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust