Sobiq vazir 2 oy muddatga hibsga olindi

Olam

image

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Ochiq hukumat ishlari masalalari bo‘yicha sobiq vazir Mixail Abizov uyushgan jinoiy guruh tuzish, uni boshqarish, offshor tashkilotlarga rahbarlik qilishda ayblanayotgani haqida xabar bergan edik.

Kecha, 27 mart kuni Moskvaning Basman sudi RF Ochiq hukumat ishlari masalalari bo‘yicha sobiq vazir Mixail Abizovni 2 oy muddatga qamoqqa olish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Mixail Abizov 2011-2014 yillarda 4 mlrd rubl mablag‘ni o‘g‘irlashda ayblanyapti. Sud eshituvida tergov gumonlanuvchini 25 maygacha qamoqqa olish bo‘yicha rasmiy talab bilan chiqdi.

Bundan tashqari, tergov idorasi sobiq vazirning taxminiy sheriklari – Nikolay Stepanov, Maksim Rusakov, Galina Fraydenberg, Aleksandr Pelipasov va Sergey Ilichevni ham hibsga olish talabini bildirgan.

Ularning jinoyati isbotlansa, ular 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Mixail Abizov uyushgan jinoyatchilik

Baholaganlar

44

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing