1 mln 669 ming dollarni o‘margan Prezident devoni amaldori ishiga oydinlik kiritildi

Jamiyat

image_2019-10-23_10-33-20

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bo‘lim boshlig‘i davlat mansabdorlaridan tuzilgan jinoiy guruhga rahbarlik qilgani ma’lum bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati Prezident devonining sobiq xodimi 2014 yil 19 fevralda sud qilinganini ma’lum qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi umumiy bo‘limining ekspeditsiya mudiri lavozimida ishlagan, Asatulla Do‘stov (1963 y.t.) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi(JK)ning 165-moddasi 3-qismining “a,v” bandlari, 168-moddasi 3-qismining “a,v” bandlari, 
209-moddasi  2-qismining “a,b” bandlari, 28,211-moddasi 3-qismining “a,b,v” bandlari, 242-moddasining 1-qismi bilan
243-moddasi bilan ayblangan.

Sud qarori bilan Asatulla Do‘stovga 3 (uch) yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 18 (o‘n sakkiz) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Asatulla Do‘stov quyidagi jinoyatlarni sodir etishda ayblangan:

•  IIV TB tomonidan tergov harakatlari olib borilgan jinoyat ishi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 244(2)-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qamoqqa olinganlarni qamoqdan chiqarish va ular saqlanayotgan UYA-64/TH-1 muassasasi xodimlari tomonidan muassasaning ichki tartibini buzishgan taqdirda ularga nisbatan jazo qo‘llanilmasligi masalasini hal qilib berish;

•  “Chkalov” nomidagi Toshkent aviatsiya birlashmasi tomonidan sotuvga chiqarilayotgan mol-mulklarni sotib olib berish;

•  Davlat maslahatchisi lavozimida ishlovchi R.Muxiddinov bilan yaqin munosabatda ekanliklarini aytib avf orqali mahkumlarni qamoqdan chiqarish;

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlash;

•  Nukus Davlat pedagogika institutining rektori lavozimiga tayinlash;

•  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlash;

•  Samarqand viloyat Narpay tumanida joylashgan «Oqtoshdonmahsulotlari» ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi lavozimiga tayinlash;

•  “Andijonpaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yish;

•  Qarshi Davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlash;

•  Narpay tuman hokimi lavozimi tayinlash;

- Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga surishtiruvchi lavozimiga tayinlash.

Asatulla Do‘stov jinoiy faoliyati natijasida fuqarolardan jami 1 mln 669 ming 700 AQSH dollari pul mablag‘larini o‘zlashtirganligi aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura uyushgan jinoyatchilik Prezident devoni

Baholaganlar

382

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing