Sobiq UFC jangchisi YTHda vafot etdi

Sport

image

Sobiq UFC jangchisi Jin Errera 33 yoshida mototsikl halokati oqibatida vafot etdi. Fojia kecha, 19 may kuni AQSHning Tampa shahrida yuz berdi. Bu haqda Florida avtoyo‘l patrul xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Errera mototsiklni juda yuqori tezlikda haydab ketayotib, avtomobil bilan to‘qnashib ketgan. To‘qnashuvdan so‘ng jangchi beton panjaraga borib urilgan. 

Errera UFC'da 4 ta jang o‘tkazgan. Uning so‘nggi jangi 2016 yilning noyabr oyida UFC Fight Night 101 musobaqasida bo‘lib o‘tdi. O‘shanda Jin, hakamlarning bir ovozdan chiqargan qaroriga ko‘ra, amerikalik Ben Nguyenga mag‘lubiyatga uchragan. Errera MMA'da umumiy 10 g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

halokat Jin Errera

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made