Abduhakim Xojiboyev qaysi tashkilotda ish boshlashi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etilgan Abduhakim Xojiboyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tishi kutilmoqda. Ammo bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, tibbiyot fanlari doktori, professor Abduhakim Xojiboyev o‘z faoliyatini oddiy xirurglikdan boshlab,  so‘nggi yigirma yil davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori, Shoshilinch tibbiy yordam vrachlar assotsiatsiyasi raisi, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari va uch bor Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2003 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” unvoni hamda 2020 yil "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan.

Abduhakim Xojiboyev 2020 yilning 3 noyabrida Alisher Shodmonov o‘rniga Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlanishi kutilmoqda. Ayni paytda uning nomzodini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari qo‘llab-quvvatladi.


Maqola muallifi

Teglar

Abduhakim Xojiboev

Baholaganlar

661

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing