Toshkent koronavirusga qarshi kurashda yordami uchun Anqaraga minnatdorlik bildirdi

Jamiyat

image

Toshkent yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashdagi yordami uchun Anqaradan minnatdor.  Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Abduhakim Xojiboyev “Anadolu” agentligiga bergan intervyusida so‘z borgan.  

Unga ko‘ra, Turkiya va O‘zbekiston rahbarlarining irodasi tufayli sog‘liqni saqlash sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik yuqori darajaga ko‘tarilgan. 

“Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun katta ahamiyatga ega va tibbiyot xodimlari uchun katta foyda keltiradi. Birgina so‘nggi ikki yil ichida 40 dan ortiq o‘zbekistonlik shifokorlar Turkiyaning turli tibbiyot muassasalarida malaka oshirdilar. Va bularning barchasi Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi va Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) ko‘magi tufayli bo‘ldi", deydi vazir o‘rinbosari. 

Узбекистан благодарен Tурции за поддержку в borьбе с koronavirusом

Shuningdek, Xojiboyev TİKA ko‘magi bilan turkiyalik shifokorlar bir necha bor Markaziy Osiyo mamlakatiga turli operatsiyalarni o‘tkazish uchun tashrif buyurganlarini esladi. 

Ikki turkiy tilli davlatlar o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko‘janing o‘tgan yili O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi alohida turtki bo‘lgan. Tashrif doirasida 10 ga yaqin bitim imzolangan.  

Shartnomalarga muvofiq Buxoro tibbiyot universitetida tibbiyot fakulteti ochilgan, bundan tashqari ikkita universitet ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Xojiboyev Turkiya bilan hamkorlik tufayli O‘zbekistonda transplantatsiya sohasi ham rivojlanib borayotganini ta’kidlagan. O‘zbekistondagi ushbu yo‘nalishdagi birinchi operatsiya 2018 yil aprel oyida turkiyalik shifokorlar ishtirokida o‘tkazilgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada ta’lim va tajriba olgan o‘zbekistonlik shifokorlar hozirgacha 100 dan ortiq organ transplantatsiyasini amalga oshirgan. 

Xojiboyev, shuningdek, ikki hafta davomida O‘zbekistonda bo‘lib, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashda yordam bergan 16 nafar turkiyalik shifokorlarning ishini yuqori baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Abduhakim Xojiboev

Baholaganlar

30

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing