Sobiq “Real” futbolchisi “Barselona” ustoziga aylanishi mumkin

Sport

image

“Real”ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda Leverkuzenning “Bayer” klubini boshqarayotgan Xabi Alonso Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlar qatorida turibdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” Alonsoning Germaniya Bundesligasidagi faoliyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. U jamoa bosh murabbiyi sifatida Xavining o‘rnini bosadigan murabbiy sifatida ko‘rilmoqda. 

Xavi joriy mavsum yakunlanganidan keyin “ko‘k-anorranglilar” postini tark etadi. Bu haqda ispaniyalik mutaxassis shu yilning yanvar oyida xabar bergan edi.

Ma’lumot uchun, Alonso 2022 yilda “Bayer”ni boshqarib kelmoqda. Klub ayni damda Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Alonso shogirdlari 20 tur davomida 52 ochko to‘pladi – 16 ta g‘alaba va 4 ta durang.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Bayer Xabi Alonso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made