Sobiq “Real” a’zosi faoliyatini Braziliyada davom ettiradi
Sport
−
27 iyul 2023
3971Erkin agent maqomida bo‘lgan kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges Braziliyaning “San-Paulu” klubi futbolchisiga aylanadi. Bu haqda sport jurnalisti Vene Kasagrande o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, yaqin kunlarda tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilishi kutilmoqda.
32 yoshli Rodriges 2023 yilning aprelida “Olimpiakos”ni tark etganidan beri jamoasiz edi. U 2022 yilning sentyabr oyidan buyon Gretsiya klubida o‘ynab kelayotgandi. Xames “Olimpiakos”da 23 ta o‘yinda 5 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Faoliyati davomida yarim himoyachi “Al-Rayyan”, “Everton”, “Real Madrid”, “Bavariya”, “Monako”, “Portu” va “Atletiko Banfild” sharafini himoya qilgan.
2011 yil oktyabr oyida Rodriges Kolumbiya terma jamoasida debyut qilgan. U terma jamoada 90 ta o‘yin o‘tkazgan.