Sobiq prezidentning o‘g‘li vafot etdi

Olam

image

AQSHning 40-prezidenti Ronald Reyganning o‘g‘li Maykl Reygan 80 yoshida Los-Anjelesda vafot etdi. Bu haqda ABC News telekanali xabar berdi.

Telekanalga ko‘ra, Maykl Reygan 4 yanvar yaqinlari qurshovida hayotdan ko‘z yumgan. Qayd etilishicha, Reygan uzoq davom etgan onkologik kasallik bilan kurashdan so‘ng vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Maykl Reygan AQSH sobiq prezidenti Ronald Reygan va uning birinchi rafiqasi, aktrisa Jeyn Uaymen tomonidan 1945 yil 18 martda tug‘ilganidan ko‘p o‘tmay asrab olingan. Ushbu nikohdan yana ikki farzand bo‘lgan: Morin Reygan (u 2001 yilda vafot etgan) va chaqaloqlik davrida olamdan o‘tgan Kristin Reygan. Ronald Reyganning ikkinchi rafiqasi Nensi Reygan bilan bo‘lgan nikohidan esa yana ikki farzandi bor – Patti Devis va Ron Reygan.

Maykl Reygan konservativ siyosiy sharhlovchi sifatida tanilgan, u milliy miqyosda efirga uzatiladigan radio boshlovchisi, bir nechta kitoblar muallifi va jamoatchilik oldida tez-tez chiqish qilgan notiq bo‘lgan. Ronald Reygan nomidagi Prezident kutubxonasi fondi va instituti uni otasining siyosiy va ma’naviy merosini izchil saqlab kelgan shaxs sifatida ta’riflagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fransiyalik aktrisa, qo‘shiqchi va jamoat faoli Brijit Bardo 92 yoshida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ronal'd Reygan Maykl Reygan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing