Sobiq Prezidentning qizi hibsga olindi

Olam

image

Kecha, 9 yanvar kuni Eron Majlisining (parlamenti) sobiq deputati va taniqli ayollar huquqlari faoli Foiz Hoshimiy-Rafsanjoniy hukumatga qarshi namoyishlarni qo‘zg‘atganlikda ayblanib, besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Fars Haber” axborot portaliga uning advokati Nida Shams xabar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron Islom Respublikasining sobiq prezidenti Ali Akbar Hoshimiy-Rafsanjoniyning (1934-2017) qizi bo‘lgan Foiz Hoshimiy-Rafsanjoniy 27 sentyabr kuni hibsga olinib, Evin qamoqxonasiga qamalgan.  

“Mening mijozim birinchi instansiya sudi tomonidan aholini namoyishga chorlagani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Biz bu qaror ustidan qonuniy muddat ichida shikoyat qilishga harakat qilamiz”, advokat Shams.  

Eron adliyasi ham 60 yoshli faolni mamlakat xavfsizligiga qarshi fitna uyushtirganlikda va mavjud hukumat tizimiga qarshi tashviqotda ayblagan. 

Hoshimiy-Rafsanjoniy noqonuniy yig‘ilishlarda qatnashgani uchun avval ham bir necha bor sudlangan. 2009 yilda u besh yilga siyosiy, madaniy va ma’rifiy faoliyatdan chetlashtirildi. 2011 yilda faol islohotchilar harakati yetakchisi Mir Husayn Musaviyni qo‘llab-quvvatlagan mitingda nutq so‘zlagani uchun qamoqqa tushgan edi. 2017 yilda u Eron hukumati amaldorlarini obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlarni chop etgani uchun yana olti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. 

Mart oyida faol 15 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Qo‘shimcha jazo sifatida sobiq deputat ikki yilga ijtimoiy tarmoqlardagi har qanday faoliyatdan chetlashtirildi. 

28 noyabr kuni Eron hukumati Islom Respublikasi Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning jiyani Farida Murodxoniyni hibsga oldi. Bu uning xorijiy hukumatlarni Tehron bilan aloqalarni uzishga chaqirganidan keyin sodir bo‘ldi. 

Erondagi tartibsizliklar o‘tgan yilning 16 sentabrida hijob o‘ramagani uchun axloq politsiyasi tomonidan hibsga olinganidan keyin vafot etgan 22 yoshli Mahsa Amini dafn marosimidan keyin boshlangan. Miting va yurishlar 160 ga yaqin shahar va qishloqlarni qamrab oldi. Ularning ishtirokchilari demokratik o‘zgarishlarga chaqirdi, hokimiyatning repressiyalarini qoraladi va hibsga olinganlarni ozod qilishni talab qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron

Baholaganlar

1

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing