Sobiq Prezidentga tegishli qasr sotuvga qo‘yildi
Olam
−
05 mart 2021 26253 1 daqiqa
AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp nomiga ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya Florida shtatidagi okeanbo‘yida joylashgan qasrni 49 million dollarga sotuvga qo‘ydi. Bu haqda "The New York Post" xabar bergan.
Uy Palm-Bich kurort shahrida joylashgan. Ko‘chmas mulk Trampning o‘zi hozir oilasi bilan yashaydigan Mar-a-Lago qarorgohiga yaqin.
Qayd etilishicha, qasrning kelajakdagi egasi sobiq Prezidentning golf klubiga to‘liq a’zolik huquqini oladi.
Ikki qavatli qasr taxminan 3 ming 185 kvadrat metrni tashkil etadi, unda sakkizta yotoqxona, to‘qqizta hammom, kutubxona, mehmonxona va terrasa mavjud.
Bino 1956 yilda qurilgan, ammo zamonaviy ta’mirdan chiqqan.
Uyning asosiy xususiyati - okeanga qaragan panoramali terrasa va kimsasiz plyaj.