Sobiq Prezident Moldova Rossiyaga muhtojligini tan oldi 

Olam

image

Sobiq Prezident, muxolifatdagi sotsialistlar partiyasi rahbari Igor Dodon Moldova Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorliksiz yashay olmasligi, mamlakat Rossiyaning energiya resurslari va bozoriga muhtojligini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

“Men har doim Rossiya Federatsiyasi bilan strategik sheriklik tarafdori bo‘lganman, buni hech qachon rad etmayman. Rossiya bilan yaxshi hamkorliksiz Moldova omon qolishi qiyin. Bizga Rossiyaning energiya resurslari va bozori kerak”, deya fikr bildirgan Dodon.

Unga ko‘ra, 2023 yilda Moldovada, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 400-500 ming tonna olma yig‘ib olinadi. Moldova mevalarini MDH va Rossiyadan tashqari boshqa joyga sota olmaydi.

“Shunga qaramay, Moldovadagi siyosiy partiyalar “rossiyaparast” yoki “g‘arbparast” bo‘lishi kerakmas, balki mamlakat manfaatini ko‘zlab siyosat yuritishi kerak”, deydi partiya rahbari.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Moldova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing