Sobiq Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anvarjon Meliboyev vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston tibbiyot sohasi og‘ir judolikka uchradi. Ko‘p yillar harbiy-shifokor bo‘lib ishlagan Anvarjon Meliboyev 70 yoshida vafot etdi. 

Anvarjon Meliboyev 1950 yilning 24 fevralida tavallud topgan edi. U o‘z umrini tibbiyot sohasiga baxshida etdi. 

U 1970-1972 yillarda Saratov tibbiyot institutining harbiy-tibbiyot fakultetida tinglovchi bo‘lgan. O‘sha yillardan uning harbiy-tibbiyot yo‘nalishidagi faoliyatiga tamal toshi qo‘yilgan. 

1972-1975 yillarda 239-qiruvchi aviatsiya diviziyasida shifoxona boshlig‘i, tibbiy punkti boshlig‘i;

1975-1977 yillarda 149-qiruvchi aviatsiya diviziyasida shifoxona boshlig‘i;

1977-1979 yillarda Turkiston harbiy okrugi tibbiyot birlashmasida katta vrach;

1979-1980 yillarda Turkiston harbiy okrugi Aviatsiya boshqarmasi katta ofitseri, epidemiolog;

1980-1985 yillarda Turkiston harbiy okrugi harbiy havo kuchlari katta ofitseri;

1985-1987 yillarda Harbiy havo kuchlari tibbiy xizmat boshlig‘i;

1987-1988 yillarda Turkiston harbiy okrugi Harbiy havo kuchlari katta ofitseri;

1988-1989 yillarda 73-havo armiyasida katta ofitser;

1989-1991 yillarda Toshkent shahri fuqarosi mudofaasi shtabi bo‘lim boshlig‘i;

1991-1992 yillarda Toshkent viloyati fuqaro mudofaasi shtabi bo‘lim boshlig‘i;

1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i;

1992 yildan 2000 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari - Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i;

2001 yildan 2008 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya markazi boshlig‘i o‘rinbosari;

2008-2017 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Gigiyena kafedrasi mudiri lavozimlarida faoiyat yuritdi. 

U butun umri davomida tibbiyot sohasi, uning rivoji uchun samarali mehnat qildi. 

Shuningdek, Anvarjon Meliboyev 1986-1988 yillarda Afg‘on urushida ham harbiy tibbiyot xodimlari safida xizmat qilgan. 

1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra, 2- darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlangan.

Anvarjon Meliboyev ikki o‘g‘ilni voyaga yetkazdi, ularni jamiyat koriga yaraydigan insonlar etib tarbiyaladi. 

Anvarjon Meliboyev joriy yilning 8 oktyabr kuni vafot etdi. 

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vaziri

Baholaganlar

366

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing