Sobiq mudofaa vaziri o‘ldirilgan Larijoniyning o‘rnini egalladi
Olam
−
19 mart 3047 1 daqiqa
Eronning sobiq mudofaa vaziri Husayn Dehgan o‘ldirilgan Ali Larijoniy o‘rniga Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bugun, 19 mart kuni “Didban Iran” xabar berdi.
Husayn Dehgan – sobiq harbiy ofitser bo‘lib, 2023 yildan buyon “Mostazafan” jamg‘armasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U 2013 yildan 2017 yilgacha Eron mudofaa vaziri bo‘lgan.
Dehgan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) va uning harbiy-havo kuchlarida qo‘mondon bo‘lib xizmat qilgan. 2019 yil noyabr oyida AQSH Davlat departamenti uni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan. Bunga uning 1983 yilda Bayrutdagi kazarmalarda sodir etilgan portlashlarni tashkil etishdagi ishtiroki sabab qilib ko‘rsatilgan (o‘shanda “Hizbulloh” 241 nafar amerikalik askarni o‘ldirgani aytiladi).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron amaldagi yetakchilardan biri Ali Larijoniyning o‘limini tasdiqlagan edi. U bilan birga o‘g‘li va qo‘riqchilari ham halok bo‘lgan. Isroil Mudofaa vaziri Israel Kats Larijoniy aviazarba oqibatida yo‘q qilinganini ma’lum qilgan.
Ali Larijoniy Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi bo‘lib ishlagan. U Oliy rahbar Oyatulloh Xomanaiyning kengashdagi vakili sifatida yadro dasturi kabi milliy xavfsizlikning eng muhim masalalari bo‘yicha muzokaralarga mas’ul edi. OAV uni Eron siyosatidagi eng nufuzli shaxslardan biri deb atagan.
Live
Barchasi