Sobiq moliya vaziri zambilda sudga olib borildi

Olam

image

Armanistonning sobiq moliya vaziri va Davlat daromad qo‘mitasining sobiq rahbari Gagik Xachatryan pora olish hamda juda katta miqdorda pul yuvishda gumonlanib, ikki oyga qamoqqa olindi. Bu haqda “Report.az” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Armaniston Korrupsiyaga qarshi kurashish sudi sudyasi Aram Grigoryan Xachatryanni hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqargan. Sud majlisi kecha, 1 sentyabr kuni boshlangan va bugun, 2 sentyabr tongigacha davom etgan.

Xachatryan bir kun avval qo‘lga olingan. Salomatligidagi muammolar sababli u sudga zambilda olib borilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, unga nisbatan pora olish va katta miqdorda pul yuvish bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Tergov doirasida Xachatryan va uning o‘g‘liga tegishli xonadonlar, shuningdek, ular bilan bog‘liq 21 ga yaqin kompaniyaning ofislari va filiallarida tintuv o‘tkazilgan.

Gagik Xachatryan 2008 yil 20 avgustdan 2014 yil 26 aprelgacha Armaniston Davlat daromad qo‘mitasiga rahbarlik qilgan. 2014–2016 yillarda esa mamlakat moliya vaziri lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda Xubey provinsiyasi Kommunistik partiyasi qo‘mitasining sobiq kotibi 111 million dollar miqdorida pora olganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingani haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing