Sobiq deputat Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining raisi etib tayinlandi

Jamiyat

image

Nuriddin Namozovich Murodov Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Nuriddin Murodov bungacha Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. U Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati ham bo‘lgan.

Shuningdek, Kengash qarori bilan: 

Gulchehra Urazaliyevna Opayeva – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Sarvar G‘ayratjonovich Soliyev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Baxtiyor Xaydarovich Madaminov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Omon Ilhomovich Sattorov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

80

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing