Sobiq bosh vazir va ayoli o‘z ixtiyori bilan o‘ldirildi

Olam

image

Kecha, 10 fevral kuni Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri 93 yoshli Dris van Agt va uning 70 yillik rafiqasi Yevgeniya Agtning hayotiga evtanaziya (og‘ir, davolab bo‘lmaydigan kasallikka chalinganlarning hayotini ixtiyoriy ravishda tugatish ) yo‘li bilan nuqta qo‘yildi. Bu haqda "The Guardian" ma’lum qildi.

Van Agt 1977-1982 yillarda Niderlandiya bosh vaziri bo‘lgan. Bundan tashqari, u Xristian-demokratlar partiyasining birinchi rahbari edi.

Sobiq siyosatchi 2019 yilda halok bo‘lgan falastinliklarni xotirlash tadbirida nutq so‘zlayotganida miyasiga qon quyilgan, uning xotini ham og‘ir kasallikka chalingan.

Siyosatchi yaqin vaqtgacha dunyodagi siyosiy va ijtimoiy voqealarni kuzatib bordi. U Niderlandiyaning amaldagi rasmiylari tomonidan Isroilning HAMASga qarshi urushi qo‘llab-quvvatlanayotganini ma’qullamagan va falastinliklar bilan birga ekanligini bildirgan.

Qayd etish kerakki, Niderlandiyada evtanaziya amaliyoti 2002 yildan beri qonuniylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 fevral kuni Namibiya Prezidenti Xage Geingob 82 yoshida vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

vazir Niderlandiya evtanaziya Dris van Agt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing