Sobiq bosh vazir 7 yilga qamalishi mumkin

Olam

image

Moldovada pul yuvishda ayblanayotgan sobiq bosh vazir Vladimir Filat ustidan sud jarayoni boshlandi. Bu haqda “Ziarul de Garda” nashri xabar berdi.

“Bugun Filat ishi bo‘yicha tuman sudining majlisi bo‘lib o‘tdi, sobiq bosh vazirga qarshi jinoiy ish olib borayotgan prokuror Nadejda Busuyok yetti yillik qamoq jazosini so‘radi”, deyiladi manbada.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Filat katta hajmdagi pul yuvish bilan shug‘ullangan. Ayni paytda sobiq bosh vazirdan davlat hisobiga 723 ming dollar undirish so‘ralmoqda.

2016 yilda ham siyosatchi korrupsiyada aybdor deb topilib, to‘qqiz yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 2020 yilning dekabr oyida esa sobiq bosh vazir muddatidan avval qamoqdan ozod etilgan.

Filatning o‘ta yirik miqdordagi pul yuvish bo‘yicha ishi 2018 yilda ochilgan bo‘lib, unga ko‘ra, siyosatchi o‘zi yetakchiligidagi Liberal-demokratik partiyani targ‘ib qilishda yordam berishi uchun Amerika konsalting firmasiga 12,8 million ley to‘laganlikda ayblangan.

O‘z navbatida siyosatchining o‘zi ham sudni adolatsiz va bu to‘g‘ridagi dalillarni yolg‘on deb atagan.

"Umid qilamanki, sud taqdim etilgan dalil va hujjatlarni xolis va har tomonlama o‘rganib, qaror qabul qiladi. Bu ish Yevropa sudi qarori bilan adolatsiz deb topilgan, guvohlarni tinglamasdan, yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan yig‘ilishlarga asoslangan avvalgi hukmga o‘xshaydi”, degan Filat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polshada sobiq Ichki ishlar vaziri va uning o‘rinbosari hibsga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Moldova Bosh vazir qamoq Vladimir Filat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing