Sobiq hokim Ekologiya vazirligida ish boshladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatidagi Ohangaron tumanining sobiq hokimi Erkin Muhitdinov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga ishga o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Erkin Madorbekovich Muhitdinov endilikda Ekologiya vazirligining O‘rmon, bioxilma-xillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Erkin Muhitdinov 1976 yili Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. 1997 yili Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti, 2000 yili Bank-moliya akademiyasi, 2007 yilda Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktabi (IDEAS-JETRO, Yaponiya)ni tamomlagan. Erkin Muhitdinov iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori hisoblanadi. U “Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangan.

U Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2023 yilning avgust oyidan 2024 yilning 20 mayiga qadar Erkin Muhitdinov Ohangaron tumanini boshqargan. Joriy yilning may oyida Muhitdinov Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hafiza To‘ymurodovna Ortiqova Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

hokim Ohangaron Ekologiya vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing