“Snos” masalasida fuqarolarning “qo‘li uzunlashdi”

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur Nizom asosida hokimiyat va “uchar tadbirkor”lar aholi rozimi yo‘qmi ko‘ndalang “qo‘yib qo‘ygan” holda “hududning arxitektura qiyofasini yaxshilash” niqobi bilan fuqarolarning uy-joylarini buzdirib, o‘zlariga foyda beradigan ob’ektlarni qurib, sotish bilan shug‘ullanib kelishayotgandi.

Nizomga ko‘ra qaysidir hududda fuqarolarning ko‘chmas mulklarini buzish hisobiga investitsiya loyihasini amalga oshirish kerak bo‘lsa, dastlab o‘sha joyning mulkdorlari bilan ochiq muhokama o‘tkazilishi kerak.

Endi nizomga o‘zgartirish kiritilib, o‘sha ochiq muhokama davomida investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan yer uchastkasida investitsiya loyihasi amalga oshirilishiga bitta mulkdor qarshi bo‘lgan taqdirda ham mazkur hududda ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilibdi.

“Bu menimcha fuqarolarning mulk daxsizligini ta’minlash yo‘lidagi yaxshi amaliy qadam. 

Biz biznes yuritish, investitsiya oqimini kuchaytirish, eng muhimi fuqaro va davlat o‘rtasidagi ishonchning mustahkamligida bu talab qanchalar zarur ekanligini ko‘rdik.

Endi bu kamchiliklarni kech bo‘lsa ham to‘g‘irlab, sudsiz yoki kompensatsiyasiz mulklaridan mahrum bo‘lib, yillab sarson yurgan fuqarolar oldidagi qarzimizni qoplashimiz kerak”, degan Kusherboyev.


Maqola muallifi

Teglar

snos

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing