“Snos” bo‘yicha sudda yutqazgan hokimliklarni davlat bojidan ozod qilish taklif qilinyapti

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga qo‘shimcha kiritishni taklif qilyapti. Hokimlik tegishli qonun loyihasini ham ishlab chiqdi va muhokamaga qo‘ydi.

Hokimlik qonunning 9-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmunda 141-band bilan to‘ldirishni taklif qilyapti:

“14-1) davlat organlari – o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan”

Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, kelgusida davlat organlarining o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish to‘g‘risidagi da’volari iqtisodiy sudlarda qoniqtirilmagan hollarda ham (ya’ni sud davlat organlari foydasiga hukm qilmasa ham) davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, qonunning amaldagi holatida 9-moddada iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinganlar ro‘yxati 26 ta bandda sanab o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

snos

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing