Smartfonlar o‘rniga chorvachilik: Huawei cho‘chqachilik bilan shug‘ullanmoqchi
Texnologiya
−
22 fevral 2021
6646AQSH tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli Xitoyning Huawei kompaniyasi smartfonlari savdosi 2020 yilning so‘nggi choragida 42 foizga kamaydi.
Shuningdek, kompaniya bir qator mamlakatlarda, jumladan, Buyuk Britaniyada 5G texnologiyalarini milliy xavfsizlikka oid xavotirlar fonida rivojlantira olmadi.
Natijada, dunyodagi eng yirik telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchisi 4G modellari bilan cheklanib qoldi, chunki AQSH Hukumati tomonidan 5G komponentlarini olib kelish uchun ruxsat berilmagan.
"Huawei mahsulotlarining sifati yoki tajribamiz bilan bog‘liq muammolar mavjud emas. Bu adolatli o‘yin emas, chunki Huawei geosiyosiy bosim ostida", degan kompaniya vakili BBC'ga.
Shu sababli, Huawei boshqa daromad manbalarini qidirmoqda, jumladan, kompaniya bulutli xizmatlarga, aqlli transport vositalariga va ko‘chma qurilmalarga o‘tishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, kompaniya an’anaviy sanoat tarmoqlari bo‘lgan qoramol va cho‘chqachilik bilan shug‘ullanmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, Xitoy dunyodagi eng yirik cho‘chqa sektoriga ega.
Ta’kidlanishicha, texnologiya kasalliklarni aniqlash va cho‘chqalarni kuzatib borish uchun sun’iy aqlni joriy etish orqali cho‘chqa xo‘jaliklarini modernizatsiya qilishga yordam beradi.
LiveBarchasi