Smartfon ishlashini sekinlashtiradigan dasturlar aytildi

Texnologiya

image

NAFI tahliliy markazi, “Raqamli fuqaro” platformasi mutaxassisi Vladimir Gritsenko smartfonning ishlash muddatini qisqartirishi mumkin bo‘lgan dasturlar haqida ma’lumot berdi. Bu haqda “Praym” agentligi xabar bermoqda

Mutaxassisga ko‘ra, Android qurilmalarida ishlab chiqaruvchi tomonidan oldindan o‘rnatilgan dasturlar, shuningdek, turli xil antiviruslar va tozalagichlar tizimni sekinlashtirishi mumkin. 

Mutaxassis ishlab chiqaruvchi tomonidan yaratilgan veb-brauzerlardan ko‘ra, an’anaviy veb-brauzerlardan foydalanishni tavsiya qilgan. 

Mutaxassis Facebook, YouTube va Instagram dasturlari, shuningdek, fotosuratlarni sinxronlashtirish, tizimning zaxira nusxasi kabi sabablar ham smartfonning sekin ishlashiga sabab bo‘lishini aytgan. 

Gritsenkoga ko‘ra, bu holda ularning yengil yoki mobil versiyalaridan foydalanish kerak.


Maqola muallifi

Teglar

smartfon

Baholaganlar

609

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing