Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
12 may 2025 3945 1 daqiqa
Alenka Suxadolnik Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
“Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Alenka Suxadolnik xonimlaridan ishonch yorliqlarini qabul qildik. Uning ushbu lavozimga tayinlanishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yo‘lida xizmat qilishiga ishonamiz”, deb yozdi Saidov.
Uning bildirishicha, hamkorlikni yanada oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Ikki tomonlama munosabatlarning 2025 yilgi kun tartibi boy va juda istiqbolli. Turli sohalarda aloqalarni mustahkamlash esa ustuvor vazifa.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi David Kotaria O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarining nusxalarini topshirgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust