Sloveniya hukumati Falastinni tan olishni ma’qulladi

Olam

image

Sloveniya hukumati Falastin davlatini rasman tan olish taklifini ma’qulladi. Bu haqda hukumat yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Bosh vazir Robert Golob ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ushbu tashabbusni tasdiqlash uchun Milliy Assambleyaga (parlament) yuborgan. Kelgusi hafta Qonunchilik palatasi ushbu masalani ovozga qo‘yishi kutilmoqda.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Sloveniya Falastinni 1967 yilgi chegaralar doirasida va BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalariga muvofiq mustaqil va suveren davlat sifatida tan olish niyatida.

Uning ta’kidlashicha, hozir Yaqin Sharqda doimiy tinchlikni ta’minlash va ikki davlat qaroriga o‘tish uchun qulay vaqt.

Eslatib o‘tamiz, 28 may kuni Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya Falastinni mustaqil davlat sifatida rasman tan olgan edi. Falastinning Rossiyadagi elchisi Abdul Hafiz Nofal Belgiya, Lyuksemburg, Portugaliya va Sloveniya tez orada Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishi kutilayotganini aytdi. Daniya parlamenti esa Falastinni davlat sifatida tan olish to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Sloveniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing