Slovakiyada boshlang‘ich maktabga hujum qilindi. Qurbonlar bor
Olam
−
11 iyun 2020
4518Slovakiyaning shimoliy qismida joylashgan Vrutka shahridagi boshlang‘ich maktablardan birida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda bugun, 11 iyun kuni Slovakiya radiosi respublika politsiyasiga tayanib xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, otishmani ismi aytilmayotgan odam boshlagan. U maktab xodimlaridan birini otib tashlagan. Voqea joyiga tezda yetib kelgan politsiya patruli hujum qilganga qarshi xizmat qurolidan foydalangan. Maxsus operatsiya davomida huquqbuzar halok bo‘lgan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan.
Slovakiyadagi “Yangi soat” nashriga ko‘ra, hujumda maktab direktorining o‘rinbosari o‘ldirilgan. Pichoq bilan qurollangan hujumchi o‘quv muassasasi direktorini jiddiy yaralagan. Bundan tashqari, ikki bola jarohat olgan, o‘qituvchilar orasida ham jarohat olganlar borligi aytilmoqda.
LiveBarchasi