Slovakiya Ukrainaga elektr ta’minotini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi

Olam

image

Agar Kiyev Slovakiyaga neft tranzitini tiklamasa, mamlakat favqulodda elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda bugun, 21 fevral kuni Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso o‘zining Facebook saxifasida ma’lum qildi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, qaror joriy yilning 23 fevral kunidan e’tiboran qabul qilinishi mumkin.

“Agar Vladimir Zelenskiy dushanba kuni Slovakiyaga neft yetkazib berishni tiklamasa, men shu kuni tegishli Slovakiya kompaniyalardan Ukrainaga favqulodda elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatishni so‘rayman”, deb yozgan Fitso.

Qayd etish joiz, bu bayonot mamlakatlar o‘rtasida neft tranziti va energetika hamkorligi masalalari bo‘yicha davom etayotgan kelishmovchiliklar fonida aytildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida kredit ajratish to‘g‘risidagi qarorini to‘sib qo‘ygandi. Bunga Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyartoning aytishicha, mamlakatga “Drujba” neft quvuri orqali neft tranziti tiklanmaguncha mazkur kreditni ma’qullashga rozilik berilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Slovakiya Robert Fitso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing