Slovakiya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, joriy yilning 29 oktyabr kuni mamlakatga kelgan Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrinining amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Peter Pellegrinini Samarqand xalqaro aeroportida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ygan.  

Samarqandda amalga oshirilgan tashrif dasturiga muvofiq, 30 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Slovakiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqilgan.

Slovakiya yetakchisi nufuzli mehmonlar qatorida UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etgan. Shuningdek, tashkilot Bosh konferensiyasi sessiyasining 31 oktyabr kungi navbatdagi yalpi majlisida qatnashib, so‘zga chiqdi.

Peter Pellegrini tashrif davomida Samarqanddagi tarixiy-madaniy yodgorliklar bilan tanishdi hamda O‘zbekiston va Slovakiya ijodiy jamoalari ishtirokidagi konsert dasturini tomosha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Peter Pellegrini kecha, 31 oktyabr kuni Samarqandda o‘tayotgan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasining 2-kunida QALAMPIR.UZʼga bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Slovakiyaga borishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand UNESCO Peter Pellegrini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing