Slovakiya Kiyevga qilgan yordami uchun “mukofot”ini oladi
Olam
−
17 mart 2023
19292Slovakiya Ukrainaga MiG-29 qiruvchi samolyotlarini yetkazib bergani uchun 900 million dollar miqdorida kompensatsiya olishni kutmoqda. Uning tarkibiga AQSHdan 700 million dollar miqdoridagi harbiy texnika narxi ham kiradi. Bu haqda respublika Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Yaroslav Nad ma’lum qildi.
“Gap kompensatsiyaning umumiy miqdori 900 million dollar haqida ketmoqda Respublika Yevropa Ittifoqining maxsus jamg‘armasidan mablag‘ olishi kerak, shuningdek, AQSHdan ham qiymati taxminan 700 million dollarlik harbiy texnikani Slovakiyaga o‘tkazish taklifi kelib tushgan”, degan Yaroslav Nad “Slovak” radiosiga bergan intervyusida .
Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotlarni Ukrainaga topshirish bir necha hafta davom etadi. Hozirda Bratislava, Kiyev va ittifoqchi davlatlar bilan bu borada muzokaralar olib bormoqda. Vazir ayni damda qiruvchi samolyotlar Slovakiyada ekanini ma’lum qilib, xavfsizlik nuqtai nazaridan ularning qachon Ukrainaga yuborilishini aytmasligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Slovakiya Ukrainaga 13 ta MiG-29 qiruvchi samolyotlarini berishini e’lon qilgan edi. Bunga javoban Kreml Kiyevga berilgan har bir qiruvchi samolyot Rossiya tomonidan yo‘q qilinishini ta’kidlagan.
LiveBarchasi