Skoda va avtobus to‘qnashuvi 4 kishining umriga zomin bo‘ldi

Olam

image

Shu yilning 9 sentyabr kuni Bishkek avtomagistralida Chingiz Aytmatov ko‘chasi bo‘ylab Skoda Octavia avtomashinasini boshqarayotgan 17 yoshli B. B. yo‘lakka kelib urilib, 30 yoshli B. A boshqaruvidagi avtobus bilan to‘qnashgan. Bu haqda Kaktus Media xabar bermoqda. 

Sodir bo‘lgan dahshatli avariyada avtomobil haydovchisi va yo‘lovchilar 2002 yilda tug‘ilgan K. A., J. Ye. va A. B. voqea joyida halok bo‘lgan Yo‘lovchi A.N. turli xil tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan

8-sonli avtobus haydovchisi va uning uch nafar yo‘lovchilari - 1960 yilda tug‘ilgan B. G., 2004 yilda tug‘ilgan J. N. va 2010 yilda tug‘ilgan M. N. jarohat olib shifoxonaga yetkazilgan.

Hozirda Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Yo‘l harakati xavfsizligi va avtotransport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish" moddasi bo‘yicha sudgacha ish yuritish boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus Beshkek

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing