Siz jamiyatni qayta tikladingiz – Shahboz Sharif Mirziyoyevga (video)

Jamiyat

image

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev jamiyatni qayta tiklaganini aytdi. bu haqda u kecha, 26 fevral kuni ommaviy axborot vositalari uchun bayonot berayotganida so‘z ochdi.

"Siz davlat boshqaruviga kelgan ilk kunlardan boshlab O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qildingiz. Siz jamiyatni qayta tikladingiz.  Agar adashmayotgan bo‘lsam, 2016 yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 42 foiz bo‘lgan, savdo ko‘rsatkichi ham past edi. Bugun kambag‘allik darajasi 8 foizga tushdi, investitsiyalar hajmi esa 30 milliardga yetdi. Shuning o‘zi katta mo‘jiza emasmi?!

Bu rostdan ham mo‘jiza. Chunki bunday natijalarga balandparvoz gaplar orqali erishilmaydi yoki yaxshi bir kengashni tashkil etish bilan hal bo‘lib qolmaydi. Mo‘jizalar aniq qarashlar, yuqori dinamika, tinimsiz mehnat va yakdil maqsad sari dadil intilish orqali paydo bo‘ladi. Men mana shunday ulug‘ sifatlarni sizda ko‘rdim", dedi Shahboz Sharif.

Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgandi. Kecha, 26 fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida uni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Shu yerda Shahboz Sharif va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tor doirada va delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif ko‘p qirrali O‘zbekiston-Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qo‘shma deklaratsiya hamda ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi. Yetakchilar ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot ham berdi. Tashrifining so‘ngida Shahboz Sharif O‘zbekiston-Pokiston biznes forumida ham ishtirok etdi.

26 fevral kuni Shahboz Sharifning O‘zbekistonga tashrifi nihoyasiga yetdi. Toshkent xalqaro aeroportida Pokiston Bosh vazirini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Pokiston Shahboz Sharif

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing