Siz unga oson bo‘lgan deb o‘ylaysizmi? – Saida Mirziyoyeva ilk bor omma qarshisida otasi haqida gapirdi
Jamiyat
−
11 dekabr 2019
45055Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ilk bor omma qarshisida otasi – Prezident Shavkat Mirziyoyev haqida gapirdi. Noshirlik matbaa sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash kollejining yangi binosi ochilish marosimida qatnashgan Mirziyoyeva Prezident Shavkat Mirziyoyevni o‘quvchilarga o‘rnak sifatida ko‘rsatib, uning o‘ziga xos jihatlari haqida shunday deydi:
“Aziz do‘stlarim, yoshlar. Siz ertaga bizning o‘rnimizni egallaysizlar va bizning yo‘limizni davom ettirasizlar. Biz sizlarga o‘z imkoniyatlaringizni namoyish qila olishingiz va maqsadlaringizga yetishishingiz uchun kerak bo‘lgan sharoitni yaratdik. Muvaffaqiyat ulkan mehnat hosilasi.
Qachonlardir Zomin tog‘larida dunyoga kelgan otam, yoshligida o‘z oldiga katta maqsad qo‘ydi va hech nimaga qaramasdan u o‘z maqsadiga intildi, uni ko‘ra bildi. Siz unga oson bo‘lgan deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, mening otam ilk urinishda institutga kirmagan. Ammo bu uni to‘xtata olmagan, u yanada kuchli, harakatchan bo‘lgan va ma’lum vaqt o‘tib oliygohga kirgan. Bu nimadan darak beradi? Hech qanday to‘siq oldida to‘xtab qolish kerakmas, hech qachon qiyinchiliklardan qo‘rqmang. Qiyinchilik o‘sish, rivojlanish uchun imkoniyat. Xato – muvaffaqiyatlaringizning tamal toshi. Xatolarsiz yuqori marralarni egallab bo‘lmaydi. Marrani yuqori oling. Kelajagingiz uchun barcha eshiklar ochiq. Sizlar uchun hozir eng zo‘r vaqt. To‘g‘ri eshiklarni oching va eng zo‘r eshiklarni tanlang. Taqdiringiz o‘z qo‘lingizda. O‘z maqsadlaringizga erishishingizga ishonamiz va yutuqlaringizdan hamisha quvonamiz. Omad sizga azizlarim”.
Ma’lumot uchun, mazkur ta’lim maskani 1970 yil Toshkent matbaa texnikumi sifatida faoliyat boshlagan. 2004 yil 27 yanvardagi texnikumga Toshkent matbaa-noshirlik kasb-hunar kolleji maqomi berilgan.
O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 2 fevraldagi farmoniga muvofiq, kollej Noshirlik matbaa sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash kollejiga o‘zgartirildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga tasarrufiga o‘tkazildi.
LiveBarchasi