“Siz bizga dushman emassiz”. Bayden rossiyaliklarga murojaat qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya fuqarolariga murojaat qildi. U rosiyaliklarni Qo‘shma Shtatlar, NATO yoki Ukrainadan qo‘rqmaslikka chaqirdi.

“Rossiya fuqarolariga: siz bizning dushman emassiz. Va sizlar Ukraina bilan qonli urush xohlashingizga ishonmayman”, degan Oq uy rahbari maxsus murojaat bilan chiqib.

Eslatib o‘tamiz, 15 fevral kuni Rossiya Ukraina bilan chegaradagi qo‘shinlarini mashg‘ulotlardagi vazifasi yakunlangani sababli sababli odatiy joyiga qaytarishni boshladi.

Qayd etish kerakki, Rossiyaning mashg‘ulotlar tufayli Ukraina bilan chegaraga qo‘shin to‘plashi sabab Sharqiy Yevropada inqiroz yuzaga keldi. Ayni vaqtda AQSH va G‘arb davlatlari Rossiyani bosqinga tayyorlanishda ayblab kelyapti. AQSH Prezidenti Bayden Moskva 16 fevral kuni hujum boshlashini aytgandi. 30 dan ortiq davlatlar fuqarolaridan Ukrainaga bormaslikni so‘ramoqda. AQSH Kiyevdagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qildi.  

O‘z navbatida, Moskva Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ayblovlarni rad etib kelmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya urush holatida emasligini va Ukraina bilan urush qilish niyati yo‘qligini aytmoqda. Vazir, shuningdek, AQSH va uning ittifoqchilarini Rossiyaga qarshi “tashviqot kampaniyasi” boshlaganlikda ayblab, bunday harakatlar Kiyevni mamlakat sharqidagi vaziyatni harbiy yo‘l bilan hal qilishga undashidan ogohlantirdi.

Shu fonda AQSHning Ukrainadagi elchixonasi xodimlari Kiyevdan Lvovga ko‘chirildi. Avstraliya va Kanada ham diplomatik vakolatxonalarini ushbu shaharga ko‘chirmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

514

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing