Sitsiliya mafiyasi. Italiyada yana bir jinoiy oila “tozalandi”
Olam
−
06 Oktabr 2023
11328Bugun, 6 oktyabr kuni Italiya Moliyaviy gvardiyasi Sitsiliyadagi mafiya guruhining 98 million yevrolik aktivlarini musodara qildi. Bu haqda Italiya xavfsizlik agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sitsiliyaning turli provinsiyalari, Lombardiya mintaqasi, Veneto va Latsioda o‘tkazilgan operatsiyalarda 50 nafar gvardiya xodimi ishtirok etgan.
Aktivlar Sitsiliyaning Kataniya provinsiyasida joylashgan va 2021 yildan beri hibsda saqlanayotgan Siverinolar oilasiga tegishli ekani aniqlangan. Ularning aniqlangan qora ishlari sudga taqdim qilingan. Unga ko‘ra, Ota va o‘g‘il Siverinolar jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi oilalardan birining “xazinasini” to‘ldirish va a’zolariga “barqaror va uzoq muddatli” yordam berish orqali ularni qo‘llab-quvvatlab kelgan.
“Siverinolar oilasi dastlab o‘z yashash joylarida logistika va transport bilan shug‘ullangan, keyinchalik noqonuniy faoliyatini kengaytirib, neft mahsulotlarini tarqatish sektoriga ham qo‘l cho‘zgan”, deyiladi Moliyaviy gvardiyaning bu haqdagi bayonotida.
Ayni paytda ushbu jinoiy oilaga tegishli bo‘lgan 70 ta ko‘chmas mulk ob’ekti, 1,7 million yevrolik naqd pul, 250 ming yevrodan ortiq zargarlik buyumlari va qimmatbaho buyumlar, 16 million yevrolik bank, shaxsiy va korporativ aktivlar musodara qilingani aytilmoqda.
LiveBarchasi