Ortiqxo‘jayev o‘zidan ketdi. Jurnalistlarni yo‘q qilish, geyga chiqarish bilan tahdid qildi (audio)

Jamiyat

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hurmacha qiliqlari haqida yozmagan ommaviy axborot vositasi, bong urmagan jurnalist deyarli qolmadi. Jahongir Ortiqxo‘jayev ilk ish boshlagan kunlaridanoq jurnalistlarni o‘zining ashaddiy dushmani sifatida ko‘rib kelgani aytishmoqda. Buni QALAMPIR.UZ’ga yetib kelgan ovozli yozuv tasdiqlaydi. 

Ushbu ovozli yozuv qayerda yozib olingani ma’lum emas. Ammo unda Ortiqxo‘jayevning gaplaridan sezish mumkinki, u jurnalistlar bilan muloqot qilmoqda. Hokim jurnalistlarga ochiqdan ochiq tahdid qiladi. 

"Bir hafta oldin meni zavodim, ishlab chiqargan mahsulotlarimni poqdan olib poqqa soladi. Monopoliya, "Artel" dabdala deydi. Bir haftadan keyin 10 ming dollar bersang, o‘sha mahsulotni maqtab chiqadi, reklama asosida deydi. Kim o‘zi ular? Oni tvari posledniye. Onaning bolasimi bular, yo itning bolasimi? Prinsipi yo‘q iflos!

Petuxlar kelyapti mambetga, hammayoqdan kelib o‘zichalik hammani isnodga qo‘yadi. Ya mogu tak sdelat. Chto vas maxalya ne primet . Tak mogu  sdelat chto vashi roditeli izdevalis. Ya tak mogu sdelat vashi sosedi ko‘rishganingdan uyalib qolishi mumkin. Ya mogu eto sdelat. A chto mne trudno chto li vas ob’yavit geym. Eto legko. Legko! Svobodo slovo. Ya za shest sekund vas posoju na odnu taksi s geym. I vsyo. Fotogragrafiruyet i vas ob’yavyat geym.

Yoqadimi rahbarimizga, yoqmaydimi meni o‘zimning ham xarakterim bor. Ya mogu eto delat. Shest sekund mogu sdelat. Organizovat mogu. Ili somnevayeshsya? Tushuntiroldimmi? 

Ikki kun, uch kun bittang besabab uydan chiqib ketlaring. Yo‘qolib qollarin. Uch kun bittang besabab uydan chiqib ketlaring. Vы xotite eto? Uch kun yo‘q bo‘lib qolsa, hamma jim-jit. O‘-o‘-o‘ san tirikmisan - hech kim xabar olmaydi aytib qo‘yay senga. Et-betda yozishadi, bir haftadan keyin unutishadi.Bo‘ldi! A qattadir cho‘kib o‘lgandirde, kun issiq deyishadi, bo‘ldi! I vsyo.

Hayot shunaqa! Shuning uchun luchshe s nami rabotayte. Yesli u vas kakoy-to problema budet pomogite nam chtobы mы reshili etu problemu".

Bugun OAV O‘zbekistonda shaxsan mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev e’tiboridagi soha. Jurnalistlarning davlat va jamiyatdagi mavqeini ko‘tarish, OAVni to‘rtinchi hokimiyat darajasiga olib chiqishni talab qilyapti Prezident. Ayni shu davrda Ortiqxo‘jayevning bu xatti-harakatini qanday izohlash mumkin. Xo‘sh, endi kim davlatga va bugungi siyosatga dushman bo‘lyapti, jurnalistlarmi yo Ortiqxo‘jayev. 

Darvoqe, hokim janoblari Oliy Majlis Senati a’zosi sanaladi. Qonun chiqaruvchi idora vakilining o‘zi qonunlarni mensimasa, istagan odamini sharmanda qilish va yo‘q bo‘lib qolishi mumkinligi bilan tahdid qilsa... U qaysi davr, qaysi jamiyatda yashayapti?

Davlat idoralaridan ushbu holat bo‘yicha munosabat kutamiz.

Bu shunchaki unutilib ketadigan voqea emas.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

2390

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing